"Neftchi" ilk xorij yig‘inini yakunladi

  • 25 yanvar, 13:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasi ilk xorij yig‘inini yakunladi.

“Neftchi” dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etganidan habaringiz bor. Jamoa yig‘in mobaynida kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazdi va 5ta nazorat bahsida maydonga tushdi. Dastlab Ruminiyaning “Xermanshtatd” klubi bilan o‘yin o‘tkazib 0:0 hisobida durang o‘ynadi, 15 yanvar kuni Serbiyaning "Mladost" klubi 1:0 hisobida mag‘lub etildi. Shundan so’ng Kosovoning "Prishtina" jamoasi bilan 0:0 hisobidagi duranga imzo chekkan bo‘lsa, yig‘inning oxirgi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi va har ikki uchrashuvda ham durang natija qayd etdi. Birinchi uchrashuvda Serbiyaning "IMT" jamoasi bilan 1:1 hisobi bilan tugallangan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubi bilan 2:2 hisobi qayd etildi. 

Uchrashuvlardan so‘ng “Neftchi” ilk xorij yig’inini yakunladi. "Yo‘lbarslar" endi navbatdagi xorij yig‘inini 29 yanvardan boshlaydi va yangi mavsum oldidan asosiy tayyorgarlik jarayoniga kirishadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
25/01/2025 15:09
Супер лигада хам дурангларни калаштириб ташламасинда,ишкилиб.