“Neftchi” klubi O‘zPFL talablarini bajarishga kirishdi

  • 17 noyabr, 2017, 18:29
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida federatsiya va PFL rahbariyati hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Majlisda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi hamda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Mazkur yig‘ilishda, “Neftchi” PFK raisi Tohir Vasilevich Kapadze hamda bosh murabbiy Vadim Karlenovich Abramov ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yakuniy qarorlari bo‘yicha, keyingi yilgi mavsumda O‘zPFLning klublar uchun qo‘ygan talabalarini bajargan jamoalargina chempionatda ishtirok etadi. Ta’kidlash kerakki, jamoalar Oliy liga-2017ni qaysi pog‘onada yakunlashlaridan qat’iy nazar so‘ralgan talablar bajarilmasa, jamoa keyingi mavsumda ishtirok etmaydi

Ishqibozlarga shuni ma’lum qilamizki, Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi O‘zPFL tomonidan 2018-yil Oliy ligada ishtirok etish uchun klublar oldiga qo‘yiladigan talablar ijrosi ustida ish olib borishga kirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!