"Neftchi" mashg‘ulotlarni Toshkentda olib boradi, yig‘inga bir qator yangi futbolchilar kelishi kutilmoqda

  • 4 iyul, 2022, 19:10
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasi yakunlanganidan so‘ng "Neftchi" klubi futbolchilariga qisqa muddatli ta’til taqdim etilgandi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Vitaliy Levchenkoning aytishicha, jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichini Toshkent shahrida o‘tkazadi. Ushbu yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda jamoa tarkibini shakllantirish borasida ham ishlar olib boriladi.

Shundan kelib chiqib, tarkibni to‘liq shakllantirish borasidagi selektsiya ishlari davom ettiriladi va yig‘inga bir qator futbolchilarning kelib, ko‘rikdan o‘tishlari belgilangan.

"Yo‘lbarslar"ning Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichi davomida murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha ham reja tuzishgan.

"Neftchi" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
05/07/2022 18:55
Бир икки хафта Шохимардонда Ош еб сувда енида дам хам олиш керак организм иссикда хам. Эзилиши керак эмас