"Neftchi" nazorat oʻyinida raqibini tor-mor etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. "Yo'lbarslar"ning bu galgi raqibi Qirg'iz Respublikasining "Alga" jamoasi bo'ldi. Bellashuvda farg'onaliklar yirik hisobda g'alaba qozondi. Dastlab 33-daqiqada raqiblar hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o'tib Asilbek Jumaev muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limning 6-daqiqasida Rustambek Fomin gol urib, "Neftchi"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 50-daqiqada raqiblar oradagi farqni yo'qka chiqardi. Shundan so'ng "yo'lbarslar" bor e'tiborini hujumga qaratdi va gollar yomg'irini amalga oshirdi. Avvaliga Nurbek Sarsenbaev gol urgan bo'lsa, keyinchalik Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov va Yovan Jokichlar gol urib Farg'ona klubiga g'alaba taqdim etdi. Yakuniy hisob 6:2 "Neftchi" raqibdan ustun keldi.
Fikrlar