"Neftchi" ortidan "Qo‘qon-1912" klubi ham 2017 yili yangilagan logotipni o‘zgartirmoqchi

  • 26 fevral, 2021, 11:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z imijini o‘zgartirayotgani, kelayotgan mavsumda "JAKO" liboslarida maydonga tushadigan bo‘lganligini ma’lum qilgan edik.

Tecno

Endi esa ko‘plab muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda jamoa o‘z logotipini ham o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yangi logotip qanday bo‘lishi keng jamoatchilik orasida tanlov asosida belgilanadi. Qo‘qonliklar hozirgi logotipni 2017 yili 28 fevral kuni o‘zgartirgandi.

photo_2020-01-06_16-08-16

Avvalroq vodiyning yana bir jamoasi "Neftchi" 16 kun ichida ikki bor logotipini almashtirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!