"Neftchi" oxirgi 3 ta o‘yindan beri "Olimpik" darvozasiga gol urolmayapti yoxud jamoalar statistikasi

  • 7 oktabr, 2022, 22:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga debyutanti Toshkentning "Olimpik" jamoasi mamlakatimizning eng yosh klublaridan hisoblanib, 2021 yilda tashkil topgan. Bundan asoosiy maqsad, 2024 yilda Frantsiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga munosib futbolchilarni tayyorlashdan iboratdir.

Tecno

Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi yosh va iqtidorli futbolchilarni o‘z safida jamlagan klub o‘tgan yili pro liga musobaqalarida omadli qatnashib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga  kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa uy uchrashuvlarini poytaxtdagi JAR  sport arenasining futbol maydonida o‘tkazmoqda.

"Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Olimpik"  jamoasi bilan shu kungacha pro ligada 4 marta va Superligada bir marta  o‘zaro to‘qnash kelishgan. Bularning 2 tasida "Olimpik" g‘alaba qozongan, 2 ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va bitta bahsda farg‘onaliklar ustun kelishgan. To‘plar nisbati 7:3 toshkentliklar foydasiga. Qayd etilgan barcha uchrashuv natijalari esa quyidagi ko‘rinishda.

Superliga

10.05.2022

"Neftchi" - "Olimpik" - 0:0

Pro liga

22.03.2021

"Neftchi" - " Olimpik"  - 0:0

08.06.2021

"Olimpik" - " Neftchi"  - 3:0

24.09.2021

"Neftchi" - "Olimpik"  - 3:2

08.11.2021

"Olimpik" - "Neftchi" - 2:0

"Neftchi"  matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!