"Neftchi" qishki tayyorgarligini Turkiyada davom ettiradi

  • 3 yanvar, 2024, 12:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Toshkentda o‘tkazgan Vitaliy Levchenko shogirdlari ayni damda qisqa ta’tilda bo‘lganligidan xabaringiz bor.

Ta’til davomida murabbiylar shtabi tomonidan har bir futbolchiga alohida individual tarzda shug‘ullanishi uchun maxsus ko‘rsatmalar taqdim etilgan. Ta’til yakuniga etgach, ishlab chiqilgan rejaga asosan jamoa vakillari Toshkentda yig‘ilib, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o‘tash uchun 7 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l olishadi.

U erda jamoa vakillari 26 yanvargacha shug‘ullanadi va shundan so‘ng futbolchilarga to‘rt kunlik hordiq beriladi. Tayyorgarlikning navbatdagi bosqich jarayoni 1 fevraldan boshlab davom ettiriladi.

"Neftchi" matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
03/01/2024 12:28
Зур