
"Neftchi" sardori bu mavsum ham Farg‘onada qoladi
"Neftchi" yarim himoyachi Lutfulla To‘raev yangi mavsumda ham Farg‘onada qoladi.
"Yo‘lbarslar" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, klub tajribali futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi. Yangi bitim qachongacha amal qiladi, bunisi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Lutfulla To‘raev o‘tgan mavsum davomida 18 uchrashuvda maydonga tushirilgan bo‘lib, 1571 daqiqa harakat qildi va 3 ta gol urgan holda shuncha golga assistentlik qildi.
Fikrlar