"Neftchi" Sharof Muhitdinovning transferini e’lon qildi (foto)

  • 6 iyul, 2023, 19:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi bugun yangi transferini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtidorli yarim himoyachi Sharof Muhitdinov farg‘onaliklar a’zosiga aylandi.

Tecno

Sharof Muhiddinov 1997 yil 14 aprelda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan Sharof Muhiddinov "Nasaf" futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanish bo‘lib ulgurgan.

sharof

Qarshiliklar safida 77 uchrashuvda 23 gol urishga erishgan futbolchi Toshkentning "Paxtakor" hamda Eronning "Sanat Naft" jamoalarida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining turli toifalarida to‘p surgan. Hozirgi kunda milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Sharof Muhiddinov "Neftchi"ga erkin agent maqomida qo‘shildi.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!