"Neftchi" va "Bunyodkor" "Paxtakor" futbolchisini nishonga oldi!
O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov katta tanlov oldida turibdi.
SPORTS.uz sayti Oybek Yuldoshevga ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga Farg‘onaning "Neftchi" jamoasidan jiddiy taklif bo‘lmoqda. "Yo‘lbarslar" universal yarim himoyachi transferi borasida harakat boshlagan. Bundan tashqari, Ilyos Zeytullaev ham uni "Bunyodkor"da ko‘rmoqchi. 24 yoshli futbolchining "Paxtakor" bilan yana bir yillik shartnomasi bor.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimov o‘tgan mavsum "sherlar" bilan Superliga va kubokda umumiy 31 uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol urdi va ikki bora sheriklarining goliga assist berdi.



Fikrlar