
"Neftchi" yangi futbolchilari bilan dastlabki yig‘inni boshladi
Bugun Toshkentdagi "Nusmo" mehmonxonasida "Neftchi"da faoliyat ko‘rsatayotgan va shu safda bo‘lishga intilayotgan futbolchilar to‘planishdi. Tushlikdan so‘ng Vitaliy Levchenko boshchiligida ular ochiq maydonda dastlabki mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.
Bosh murabbiy tuzgan reja asosida olib borilgan mashg‘ulotlarda jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor futbolchilar, kuni kecha shartnoma imzolagan Sanjar Qodirqulov, Shoxruz Norxonov, shuningdek, o‘rinbosarlar jamoamizdan o‘n nafardan oshiq futbolchilar ham ishtirok etishdi.
"Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar