"Neftchi"ga nima bo‘lmoqda?

  • 22 yanvar, 2018, 22:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘tgan yilgi mavsumda Oliy ligada Vadim Abramov qo‘li ostida kerakli natijaga erisha olmagan "Neftchi" jamoasi bu yil o‘ziga o‘xshamayapti.

Dekabr oyida yig‘inni boshlagan farg‘onaliklar Sergey Lebedov va Murod Ismoilov qo‘li ostida mashg‘ulotlarni olib borishdi. Jamoa tarkibi asosan mahalliy shyinchilar bilan shakllantirishga harakat qilindi. Dastlab jamoani Muzaffar Muzaffarov tark etdi. U o‘zini AGMK jamoasida sinab ko‘rishni ma’qul topdi. So‘ngra birin-ketin o‘yinchilar jamoani tark etishni boshlashdi. Abdurahmon Abdulhaqov "Buxoro"ga qo‘shilgan bo‘lsa, Abdumavlon Abdujalilov "Navbahor"dan qo‘nim topdi. Muxsin Ubaydullaev "Mash’al" bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, OTJ safida OCh da harakat qilayotgan Xusniddin G‘ofurov esa "Paxtakor" safida faoliyatini davom ettirishni ma’qul topdi. Bugun Dilyor Irmatov "Metallurg" bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Sherzod Hakimov va Otabek Haydarovlar "So‘g‘diyona" yig‘iniga borib qo‘shildilar.

Bu bilan o‘yinchilar nimani maqsad qilgan bo‘lishlari mumkin? Albatta yangi mavsumda Super liga jamoasi tarkibida to‘p surishni o‘z oldilariga maqsad qilganlar. "Neftchi" jamoasi taqdiri hozircha mavxum bo‘lib turibdi. O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onadagi tashrif chog‘ida klubni istiqbolini yuqori baholagan edilar.

"Neftchi" jamoasi hozirda o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Tarkibda asosan mahalliy o‘yinchilar mashg‘ulotlarni olib borishmoqda.
25-yanvar kuni bo‘lishi rejalashtirilayotgan O‘FF hisobot konferentsiyasida "Neftchi", "So‘g‘diyona" klublarining taqdirlariga oydinlik kiritib berishlarini tahmin qilishimiz mumkin.

Komiljon Ikromov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!