"Neftchi"ning Antaliya yig‘inida yanvar oyidagi raqiblari ma’lum

  • 07.01.2025 09:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Neftchi" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi. 

50 kun davomida o‘sha era mavsumga hozirlik ko‘radigan farg‘onaliklar tabiiyki, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadilar. Klub matbuot xizmati esa yanvar oyidagi "Neftchi"ning raqiblarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, "Xermannstadt" (Ruminiya), "Mladost" (Serbiya), "Prishtina" (Kosova), "IMT" (Serbiya) va "Sileks" (Makedoniya) jamoalari "Neftchi"ga raqiblik qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!