Nemis grandi o‘z futbolchisini tarkibda saqlab qolmoqchi

  • 12 sentabr, 2024, 13:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" o‘zining iqtidorli forvardi Jamal Musialaga yangi shartnoma taklif qildi. Bu bitim ham klub uchun, ham futbolchi uchun har taraflama foydali bo‘lishi kutilmoqda.

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar bu masala bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Biroq bu masala tezda hal bo‘lishi qiyinroq masala ekanligi aytilmoqda.

Nemislar yarim himoyachini klubda qolishi uchun unga hozirgisidan ko‘ra ancha ko‘proq maosh va turli bonuslar ko‘rinishidagi katta miqdordagi pul taklif qilishga tayyor. Klubning maqsadi esa,  2025 yilning yoziga qadar, ya’ni futbolchining shartnomasi tugashiga bir yil qolganida vaziyatni tezlikda ijobiy hal qilish.
Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchiga top-klublar, jumladan, "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Agar u "Bavariya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, yuqoridagi ikki jamoa bu borada muzokaralarga kirishishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!