
Neymar bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda
PSJ hujumchisi Neymar "Marsel"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgandi.
Braziliyalik futbolchi Frantsiya futbol federatsiyasi intizomiy reglamentiga binoan 4 tadan 7 tagacha bahsga diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda.
Qaror intizom qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Barcha dalillarni jamlash uchun ishni ko‘rib chiqish 1 haftaga cho‘zilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Neymar "Marsel" himoyachisi Alvaro Gonsalesni urib, uni irqchilikda ayblagan edi.
Fikrlar