Neymar boshqa superklub bilan muzokara boshladi

  • 27 iyun, 2022, 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Italiya chempionatidan davom ettirishi mumkin. Braziliyalik to‘purarning agentlari “Yuventus” bilan muzokaralarni boshlab yubordi, deyu xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.

Tecno

Manbaning ta’kilashicha, Neymarning PSJdagi faoliyati katta so‘roq ostida turibdi. Vaziyatdan foydalanib qolishni rejalashtirayotgan “Yuventus” braziliyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu transfer amalga oshishi uchun Neymar maosh borasidagi so‘rovlarini biroz pasaytirishi talab etiladi.

Parijliklar Mbappe blan shartnom imzolaganidan keyin maosh fondini qisqartirish uchun bir necha yulduzidan voz kechishga qaror qilgan. Ro‘yxatning eng yuqori qismida yiliga 50 million evro ishlab topayotgan Neymar turibdi.  

2017 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilayotgan hujumchining amaldagi bitimi yana uch yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!