
Neymar faoliyatini PSJda tugatmoqchi
PSJ hujumchisi Neymarning kelajagi so‘roq ostida turibdi. Braziliyalik haqida ko‘plab mish-mishlar mavjud. Ayrim manbalar uni yozda Frantsiyani tark etadi va "Chelsi"ga o‘tishi mumkin, deya xabar tarqatmoqda. Ammo "The Athletic" nashri bunday ma’lumotlarni rad qildi.
Insayder Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, Neymar faoliyatini PSJda tugatmoqchi va shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etmagunga qadar hech qaerga ketmaydi. Uning parijliklar bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha amal qiladi.
31 yoshli vinger mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan edi, lekin birgina jarohat uni mavsum so‘nggiga qadar maydonga tushmasligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Neymar PSJ safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va sheriklariga 17 ta golli pas berdi.
Fikrlar