Neymar hakamdan norozi bo‘ldi: "U o‘zini o‘yin yulduzi deb hisoblaydi"

  • 03.04.2026 11:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Remo"ga qarshi bahsdan keyin hakamlikdan noroziligini bildirdi.

Uchrashuvni bosh hakam Savio Pereira Sampayo boshqarib bordi. O‘yning 86-daqiqasida Neymar markazda unga nisbatan qoidabuzarlik ishlatilgan vaziyatdan keyin sariq kartochka oldi. Braziliyalik futbolchi yerdan tez turib, raqib tomon yo‘l olgan va shu holat uchun ogohlantirilgan.

"Bu adolatsizlik. Meni mutlaqo asossiz tarzda yiqitishdi. Bu birinchi emas, uchinchi yoki to‘rtinchi fol edi. Men raqib tomon bordim va sariq kartochka oldim.

Savio shunday hakam. U o‘yning yulduzi bo‘lishni istaydi, futbolchilarga katta hurmatsizlik qiladi. Gaplashishni ham, muloqot qilishni ham xohlamaydi. U o‘zini o‘ynini to‘liq boshqaradigan yagona odam deb hisoblaydi", — dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!