Neymar haqiqiy boshog‘riq ekan

  • 13.04.2022 16:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati braziliyalik yulduz Neymardan tezroq qutilmoqchi, deb yozmoqda Get French Football News nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, bu hujumchi o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotib bo‘lgan va avvalgidek samarali harakat qilmayapti.

Shu bilan birga klub mutasaddilari qimmatbaho yulduzdan qutilish oson bo‘lmasligini yaxshi biladi. Ular bu futbolchi uchun 2017 yilda 222 million evro to‘lagan va bu transfer rekordi hamon yangilangani yo‘q.

PSJ Neymarni 100 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Lekin 30 yoshli hujumchining katta maosh talab qilishi ehtimoliy transferlarni ham yo‘qqa chiqarmoqda. Neymarning amaldagi shartnomasi yana uch yil davom etadi. Qolaversa, hujumchi tashabbusi bilan kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!