Neymar Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
"SportMediaset" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Santos" hujumchisi Neymar qishki transfer oynasi vaqtida Evropaga qaytishni xohlamoqda. Ayni vaqtda futbolchining agentlari "Inter" va "Napoli" vakillari bilan muzokaralar boshlash arafasida turibdi.
Hozirda braziliyalik hujumchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 11 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshlik futbolchi 2024 yilda erkin agent sifatida "Santos" safiga kelish qo‘shilgan edi. Shu vaqt oralig‘ida futbolchi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar