
Neymar jamoamga qadam bosmasin!
“Barselona” rahbarlari orasida mashhur yulduz Neymarni klubga qaytarishga urinayotgan mutasaddilar bor. Braziliyalik futbolchining o‘zi ham 2026 yilgi jahon chempionatigacha Evropada to‘p tepish niyatida ekanini bildirgan.
Biroq, “Barselona”ni La Liga peshqadamiga aylantirgan Xans-Diter Flik Neymarning klubga kelishiga “tish-tirnog‘i” bilan qarshilik ko‘rsatyapti.
Neymar ayni paytda “Santos” o‘yinchisi hisoblanadi. Saudiya Arabistonidagi muvaffaqiyatsiz mavsum va og‘ir jarohatlar tufayli yuqori sport formasini yo‘qotgan Neymar Evropaga qaytib, yana o‘z darajasiga ko‘tarilishni maqsad qilgan.
Garchi Kataloniya klubida 33 yoshli yulduzning tarafdorlari ko‘p bo‘lsa-da, Flikning pozitsiyasi bu transferni qiyinlashtirib yuboradi. Jamoa germaniyalik murabbiy qo‘l ostida zo‘r o‘ynayotgani esa, klub rahbariyati Flikning talablariga qarshi bormasligini anglatadi.
Fikrlar