Neymar katta klub bilan kelishyapti

  • 08.06.2023 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJdan ketishi kutilayotgan Neymar o‘ziga yangi jamoa qidirayotgani haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.

Braziliyalik futbolchi ayni paytda jarohatini davolatish bilan ovora ekaniga qaramay, “Chelsi” bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara olib borayotgani ma’lum bo‘ldi.

Le10sport nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” tarkibini Neymar bilan kuchaytirmoqchi. Londonliklar bosh murabbiylikka Maurisio Pochettinoni tayinlagan. Argentinalik mutaxassis PSJni boshqargan vaqtda Neymar bilan ishlagan. Shu bois, Maurisio 31 yoshli futbolchining ustun tomonlarini yaxshi biladi.

Neymarga Angliya Premer-ligasining yana bir vakili “Manchester Yunayted” ham anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Shuningdek, “Nyukasl”da ham yulduzni o‘yinchini olib kelish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!