Neymar katta ziyofat uyushtirmoqchi
"Pari Sen-Jerman klubi hujumchisi Neymar yangi yilda Braziliyadagi uyida ziyofat uyushtirmoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Futbolchi mazkur bazm uchun uyidagi er osti tungi klubini ham jihozlagan. Ayni vaqtda ziyofat uchun tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vinger jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. U ushbu mavsum parijliklar safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va shuncha samarali uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar