Neymar: PSJdan ketishim mumkinligi haqidagi mish-mishlardan charchadim
Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar yozda jamoadan ketishi mumkinligi haqida tarqalgan mish-mishlarga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Real” yoki “Manchester Yunayted”? PSJga nima uchun kelganimni hamma biladi. Ayni damda mening bor e’tiborim JCh-2018ga qaratilgan. Hozir transferlar haqida o‘ylaydigan vaqt emas. Men bunday gaplardan juda charchadim”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Manchester Yunayted” Neymar uchun 226 mln evrodan voz kechishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar