Neymar PSJning o‘yin kunida "Barselona"dagi ziyofatga keldi
PSJ klubi hujumchisi Neymar shanba kunini Kataloniyada o‘tkazdi.
Ma’lumki, La Liga doirasidagi "Barselona" - "Selta" (4:1) bahsiga Neymarning bir qator do‘stlari tashrif buyurishgan.
Bellashuvdan so‘ng, Neymar ishtirokida ziyofat uyushtirildi. Ushbu kechada braziliyalik "Barsa"ning yarim himoyachisi Artur bilan ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni Liga 1 doirasida PSJ "Brest" (2:1) ni mag‘lub etdi. Neymar esa jarohati tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda.
Fikrlar