
Neymar va Messi ishtirok etmagan baxsda PSJ g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan PSJ - "Anje" baxsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda Parij klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 36-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Fyuljeni hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Danilu Pereyra muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Mazkur natijadan so‘ng parijliklar hisobidagi ochkolar soni 27 taga etdi va ular karvonboshilik qilishda davom etmoqda. 16 ochko jamg‘argan "Anje" ayni damda 4-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar