Neymar yana bir katta turnirni o‘tkazib yuboradi

  • 20.12.2023 13:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Urugvayga qarshi bahsda jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Neymar yana bir katta turnirda maydonga tusha olmaydi. 

Braziliya terma jamoasi bosh doktori Lasmarning so‘zlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi "Kopa-2024" chempionatini o‘tkazib yuboradi. "Neymar avgust oyining boshida safga qaytadi", - dedi mutaxassis. 

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Neymar "Al-Hilol" tarkibida bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, "Kopa-2024" 2024 yilning 20 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lib o‘tadi. Endi Junior o‘rniga boshqa bir Junior (Vinisius) katta sahnaga chiqishi kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!