
Neymarni eng badavlat klub chorlamoqda
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” yozda ham katta transferni amalga oshiradi.
Manbalarning xabar berishicha, “qarg‘alar” mavsum yakunlanishi bilan o‘z safiga Neymarni qo‘shib olishga harakat qiladi. PSJ Chempionlar ligasini tark etganidan keyin klub rahbariyati jamoa tarkibini qayta shakllantirishni va asosan yosh o‘yinchilarga tayanishini bildirgan.
Bundan tashqari, jamoaning yulduzlari parijlik muxlislar tomonidan jiddiy e’tirozlarga duch kelayotgani ham Neymarning ketish haqidagi qaroriga ta’sir qilishi mumkin.
Avvalroq, PSJ Neymarni transferga qo‘yishga tayyorligi va ular braziliyalik hujumchini 100 million evroga baholayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoshi 30ni qoralagan qimmatbaho futbolchini bugungi kunda faqat “Nyukasl” xarid qilishi mumkin.
Fikrlar