
Neymarni nega “Barsa”ga berishmadi?
“Barselona” sport direktori Deku braziliyalik yulduz Neymarni Kataloniyaga kelmagani sababini ochiqladi.
Ma’lumki, 31 yoshli hujumchida faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagi bor edi. Oxir-oqibat, Neymar Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.
- Afsuski, hozirgi moliyaviy holatimiz katta transferlarni amalga oshirish imkonini bermaydi. Bu masalada PSJ yoki “Al-Hilol” bilan Neymarni bir mavsumga ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishishimiz muhim ahamiyat kasb etardi. Lekin har ikki klub ham bizga rad javobini berdi, - dedi Deku.
Neymar 2013-2017 yillar davomida “Barselona” safida 186 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 76 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar