Neymarni superklubga chaqirishyapti
PSJ hujumchisi Neymar jahon chempionati oldidan klubini yangilashni istamayotgan bo‘lsa-da, atrofida yuzaga kelgan vaziyat uning qarorini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik yulduzda faoliyatini “Manchester Siti”dan davom ettirish varianti paydo bo‘ldi.
Caught Offside nashrining xabariga ko‘ra, “Siti” mutasaddilari braziliyalik hujumchi transferi bo‘yicha PSJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
“Shaharliklar”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola Neymarga o‘z jamoasidan joy berishga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar