Ngannu Fyuri bilan revansh jang o‘tkazmoqchi
Frensis Ngannu Tayson Fyuri bilan yana jang qilmoqchi ekanligini aytdi.
Ariel Xelvaniga bergan intervyusida Ngannou Fyuri bilan revansh jangi uning ustuvorligi ekanligini aytdi. U 2024 yilning fevral-mart oylarida Tayson bilan ikkinchi jang o‘tkazmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ngannou professional boksdagi debyutini 28 oktyabr kuni o‘tkazib, Tayson Fyuriga hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar