
Niderlandiya chempionati uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Niderlandiya chempionatining navbatdagi tur o‘yinlari Suriya va Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi.
“Suriya va Turkiyadagi dahshatli zilzilalardan jabr ko‘rganlarga hamdardmiz”, — deyiladi Niderlandiya futbol federatsiyasi bayonotida.
Ma’lumot uchun, ayni damda Niderlandiya chempionatida Rotterdamning “Feyeenoord” jamoasi 43 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar