Niderlandiyaning ishonchli himoyachisi jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
"Arsenal" himoyachisi Yurrien Timber jarohati tufayli Niderlandiya terma jamoasiga Jahon chempionatida yordam bera olmaydi.
Niderlandiya futbol federatsiyasi ma'lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi chanoq sohasidagi jarohatidan to'liq tiklanishga ulgurmagan.
Timber O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng milliy jamoa yig'inini tark etadi.
Futbolchining o'rnini to'ldirish uchun bosh murabbiy Ronald Kuman "Sanderlend" himoyachisi Lutsxarel Gertruydani terma jamoaga chaqirdi.
Timberning yo'qotilishi Niderlandiya uchun jiddiy yo'qotish bo'lishi mumkin, chunki u so'nggi yillarda jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylangan edi.

Fikrlar