Niges uchun "Yuventus" ham kurashga qo‘shildi

  • 5 iyun, 2021, 12:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges joriy yozgi transferlar davrida klubini o‘zgartirishi mumkin. 26 yoshli ispaniyalik futbolchi "matraschilar" safini tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatoriga kiradi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Saulga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uni shaxsan klub rahbariyati tarkibda ko‘rishni xohlayapti. Bir necha kundan beri Turin klubi ushbu transfer bo‘yicha "Atletiko" bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Biroq Madrid klubi yarim himoyachi uchun kamida 70 million evro talab qilmoqchiligi sabab ushbu transfer amalga oshishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Saul uchun "Yuventus"dan tashqari "Manchester Yunayted", PSJ va "Bavariya" klublari ham raqobat olib bormoqda.

Niges o‘tgan mavsum La Ligada 33 o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!