Niko Uilyams APL grandiga oʻtishi mumkin
«Atletik» vingeri Niko Uilyams APLga o'tishni istab, «Arsenal» yoki «Chelsi»ga transferni ko'zlamoqda.
«Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish niyatida.
Ma’lumotlarga koʻra, futbolchi oʻz agentiga Angliya chempionati klublaridan taklif topishni soʻragan. Uning ehtimoliy manzillari sifatida «Arsenal» va «Chelsi» klublari tilga olinmoqda.
Niko Uilyamsning «Atletik» bilan amaldagi shartnomasi 2035 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
21 yoshli vinger hozirgacha «Atletik» tarkibida 206 oʻyin oʻtkazgan. U shu vaqt mobaynida 38 ta gol urgan va jamoadoshlariga 37 marta hal qiluvchi pas bergan.

Izohlar (0)