Niko Uilyamsning akasi uning “Barsa”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayapti
“Barselona” anchadan beri “Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda.
Biroq, hali bu transfer amalga oshgani yo‘q.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Nikoning Kataloniyaga ketishiga akasi Inyaki to‘sqinlik qilyapti. U ukasi bilan “Atletik” sharafini Evropa Ligasida birga himoya qilmoqchi. Aka-uka Uilyamslar birgalikla bilbaoliklar uchun Ispaniya kubogidan tashqari yana birorta nufuzli sovrinni yutib bermoqchi.
“Atletik” rahbariyati ham jamoa etakchilaridan hisoblangan Niko jamoada qolishiga ishonch bildirgan. Ular 22 yoshli futbolchiga yangi shartnoma berishga tayyor.
Yaqinda Niko Uilyams PSJdan bo‘lgan mo‘may daromadli taklifni qabul qilmadi. “Barselona” esa, bu o‘yinchini olish harakatlarini to‘xtatgani yo‘q.

Fikrlar