Nikolas Gaytan uchun APLning 3 ta klubi kurash boshladi

  • 22.11.2019 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

AQShning "Chikago Fayr" klubi xavbeki Nikolas Gaytan yana Evropaga qaytishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun APLning 3 ta klubi - "Vest Xem", "Aston Villa" hamda "Sheffild Yunayted" jiddiy kurash boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Gaytanning “Chikago Fayr” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Gaytan faoliyati davomida "Boka Xuniors", "Atletiko", "Benfika" va "Dalyan Ifan" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!