Nima uchun Mbappe Frantsiyaning yangi sardori bo‘ldi? Desham javob berdi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham sardorlik bog‘ichi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. OAVda xabar qilinganidek, terma jamoaning futbolchisi Antuan Grizmanga Didening bu tanlovi yoqmagan.
"Mbappe Frantsiya terma jamoasi sardori bo‘lish uchun kerak bo‘lgan hamma narsaga ega. U turli avlodlarni jamoada birlashtiradi. Biroq, bu Grizmanning javobgarligi kamroq bo‘ladi, degani emas. Kilian etakchilik fazilatlariga ega, ammo u jamoaning boshqa a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi "Telefoot".
Eslatib o‘tamiz, "uch ranglilar" tarkibida 24 yoshli hujumchi 66 ta jang o‘tkazib, 36 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar