Nima uchun VARni olib keldik? Firdavs Norsafarovning qarori to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Dadasi xolis fikr bildirdi, u sobiq hakam!

  • 8 aprel, 2021, 23:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 15
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhokama uchun mavzu qidiradiganlarga “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini va undagi hakamlik ayni muddao bo‘ldi. Aslida Namangandagi uchrashuvda bosh hakam Firdavs Norsafarov yomon ishlagani yo‘q. Faqat uchrashuv oxirida VAR orqali belgilangan penalti yakunda o‘yin taqdirini hal qildi. Tabiiyki, bu “Navbahor” jamoasi va uning muxlislariga mutlaqo yoqmadi, jiddiy tarzda e’tirozlar bildirildi.

Tecno

Haligacha Firdavs Norsafarovning o‘yin oxirida belgilagan penaltisi muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Bu borada turli xil fikrlar bildirayotgan mutaxassislarni uchratish mumkin. Biz ushbu holat bo‘yicha o‘sha hakamga yanada yaqinroq inson bilan Namangandagi o‘yin bo‘yicha gaplashib, munosabatini bilishga qiziqdik. Buning uchun eng yaxshi variant shubhasiz uning dadasi – Bahrom Norsafarov edi.

Bugungi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan mutaxassis  hakamlik bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘lining faoliyatini hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligi aniq. Aslida Firdavs hakamlikni tanlashiga dadasi sababchi. Chunki Bahrom Norsafarov ayollar futbolida ishlashdan avval, uzoq yillar mobaynida hakam bo‘lgan. Sports.uz muxbiri Firdavs Norsafarovning “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidagi hakamligi yuzasidan dadasi Bahrom Norsafarov bilan bog‘landi.

norsafarov4 

- O‘yin haqida nima deya olaman? Firdavs o‘sha penalti belgilanishidan oldin VAR orqali vaziyatni ancha ko‘rdi. Men ham o‘sha holatni ikki marta ko‘rib chiqdim. Qaror qabul qiladigan bosh hakam. Penaltiga sabab bo‘lgan vaziyatni televizorda hamma ko‘rdi. Futbolchi tomonidan raqib o‘yinchisining tovoniga “kontakt” bo‘lgan. Agar o‘sha vaziyatni hakam ko‘rib turib penalti bermasa-chi? Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham professional yondashish kerak. O‘zim ham 15 yil davomida professional hakamlik qilganman. Ammo o‘shanda VAR yo‘q edi. Kechagi uchrashuvda shunday bo‘ldiki, hakam VAR orqali epizodni takroran 10 marta ko‘rib, keyin aniq qaror chiqaryapti. Hakam o‘z bilimiga tayanib qaror qabul qildi. Avvaliga, Firdavs o‘sha vaziyatda o‘yinni davom ettirdi. VARdagi hakamlar esa, unga jarima maydoni ichidagi holatni ko‘rib chiqishni tavsiya qilishdi. Bu jiddiy jarayon edi. Shuning uchun hakam tomonidan tavakkaliga qaror chiqarilgani yo‘q.

Nima uchun VARni olib keldik? Mana shunday bahsli vaziyatlarga aniqlik kiritish uchun. Doim inson faktori, degan tushuncha bo‘ladi. Hakam vaziyatni ko‘rmay qoldi, VAR esa ko‘rsatib berdi. Hakamlikdan ketganimga ancha bo‘lgani uchun qarorlar ham o‘zgarib ketgan. Men penalti belgilangan vaziyatni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, deb ayta olmayman. O‘g‘limning yonini olib gapirmayapman. Ko‘rdingiz, hakam avvaliga penalti bermadi. VARdagi hakamlar takroran ko‘rgach, Firdavsga ma’lum qilishdi. O‘sha ekrandagi epizodni hamma ko‘rdi. Vaziyat murakkabligi uchun bir ko‘rishdayoq qaror chiqarish qiyin edi. O‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilinmadi. Firdavs reytingini ko‘tarish uchun o‘yinni odilona boshqarishga harakat qildi. U penalti belgilashga ishonch hosil qilgach, shu qarorga keldi. Men hakamning ishiga aralashmayman, - deya fikr bildirdi Firdavsning dadasi.

Shuningdek, bunday yuqori bosim ostidagi o‘yinga yanada tajribaliroq hakam tayinlansa bo‘lmasmidi, qabilidagi savollar ham uchrab turibdi. Bahrom Norsafarovning javobi esa quyidagicha bo‘ldi.

norsafarov1_1

- Ha, o‘g‘lim yosh hakam. Ammo uning saviyasi qandayligini PFL biladi. Hakamlar qo‘mitasi referilarning tayyorgarligi va jismoniy holati qanaqaligini yaxshi biladi. U yana boshqa qiyin o‘yinlarda ham hakamlik qilgan. “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yinida Firdavsning o‘zini tutishi, futbolchilar bilan gaplashishi meni qoniqtirdi. Har bir qoidabuzarlikka e’tibor qaratib, bir necha bor sariq kartochka ko‘rsatdi. Esankirab qolgani yo‘q. VAR noto‘g‘ri qarorlar chiqarish uchun o‘ylab topilmagan-ku! Xo‘p, bugungi qaror “Navbahor”ning zarariga ishlagandir, ammo ertaga VAR orqali uning foydasiga qaror qabul qilinishi mumkin. Umuman olganda, o‘yinni yomon boshqarmadi. Uchrashuvga 5 daqiqa qo‘shgach, uning ichidagi to‘xtalishlar uchun hammasi bo‘lib o‘yin yana 8 daqiqa davom etdi. Balki qaerdadir xatolari bo‘lgandir, axir men o‘yinning har bir vaziyatini mikroskop orqali kuzatganim yo‘q. O‘yinni va hakamlikni muhokama qiladigan mutaxassislar bor.

Lekin bunday yuqori bosim ostida hakamlik qilish ham oson emas. Buning ustiga VAR orqali epizodni qayta-qayta ko‘rib, mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilash uchun ham katta jur’at kerak. Kichik Norsafarov barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib o‘yin taqdirini belgilab beruvchi qarorni qabul qildi. Bunday og‘ir uchrashuvdan keyin Firdavs Norsafarovga ham oson tutib bo‘lmasdi. Dadasi o‘sha o‘yindan keyingi holat va uning hakamlikka kirib kelishi haqida ham gapirdi.

- Bilasizmi, o‘yindan keyin Firdavs bilan gaplashganim yo‘q. Biz ham hamma qatori o‘yinni tomosha qildik. Hozir biror nima desam, o‘g‘liga yon bosyapti, deb o‘ylashlari mumkin. Lekin sizga betaraf inson sifatida fikrimni aytdim. O‘yinlardan keyinoq, Firdavsga qo‘ng‘iroq qilmayman, uning xarakterini bilaman. Doim uyga kelgach, xotirjam gaplashishimiz mumkin. Ha, kechagi bellashuvdan keyin o‘g‘lim ayasi bilan gaplashganida hammasi yaxshi, deb aytgan.

norsafarov2_2

Uning hakamlikka kirib kelishi xususida to‘xtaladigan bo‘lsam, “Mash’al”dagi akademiya ilk bor ochilganida Firdavsni olib borganman, u futbolchi bo‘lishni istagandi. U erda qo‘li sindi va olti oy o‘ynamadi. Keyin “Nasaf” akademiyasi ishga tushdi. So‘ng, o‘g‘limni o‘sha erga o‘tkazdik. Lekin yana jarohati bezovta qilaverdi. Oilaviy maslahatlashib, uni boshqa sohaga berishni o‘yladik. O‘zi esa futbolni juda yaxshi ko‘rardi. Men hakam sifatida viloyat ikkinchi liga va o‘rinbosarlar o‘yinlarida ham ishlardim va Firdavsni o‘zim bilan birga olib borardim. Bir kuni o‘rinbosarlar bahsiga hakam kelmay qoldi. Shunda o‘g‘limga bayroqchani berdim va o‘rniga hakamlik qildi. Keyinchalik yonimga kelib dada, o‘zimni hakam sifatida his qilyapman, dedi. Viloyat ikkinchi liga musobaqasida hakamlik qilishni boshladi. Shunday qilib, hakamlikka o‘qidi. Mana, endi professional hakam bo‘lib etishdi. O‘zim ham unga hakamlikni endi boshlaganida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatardim. Hakam ham albatta o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi. Ayniqsa, futbolchilarni ham obdon o‘rganishi zarur, chunki ayyor o‘yinchilar ham uchraydi. O‘g‘lim birinchi ligaga o‘tgan paytida men oliy ligada hakamlikning oxirgi yilini tugatayotgandim, - dedi Bahrom Norsafarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998902610401
09/04/2021 06:59
Умид Ахмаджанов тилла инсон бўлган экан шунақа ўйинларга хориждан хакам олиб келарди афсус қадрига етишмади мана оқибати
&
+998902610401
09/04/2021 06:57
Ўн бир метрлик жарима йўқ эди агар бўлганида эди жудаям кўп ўйламай ўрнида берган бўларди жудаям кўп иккиланди берайми йўқми деб қўрқоқ экан нима учун жарима бўлса ўрнида ўйинни тўхтатмади орадан ўн минут ўтиб кейин тўхтатяпти нима Вар дагила қараса ўйин вақти оз қоляпти Пахтакорни қолиши аниқ бўлиб қолувди ёки дуранг ўйнаши кейин нима бўлди ўша вазият эсга тушиб қолди ва жарима белгилаб мақсадга етдиларинг.
Дилшод Даврлнов
08/04/2021 23:32
Угилчангни яхшилаб Куз шифокорига курсат Углинг уйини ч.ч.б булгади
abdullo norsafarov
09/04/2021 00:43
Уз фамилиясини тугри ёзишни билмидиган инсонни фикрини жиддий кабул килиб булмайди
09/04/2021 01:22
Уз исм фамилиясини кичик харфларда ёзадиган инсонларни фикрини хам жиддий кабул килиб булмайди. У одамку уз фамилиясини адашиб хато кетказиб юборган, сизчи исм фамилиянгизни атайлаб кичик харфларда ёзгансиз. Судьяларни тартибга келтирмаса булмайди. Пахтакор томонидан босим ёки пул бериш буляпкан аник. Судьяларни Пахтакорга ёрдам бериши шарт эмас, Пахтакор узи шундок хам кучли. ОЧЛ да судьялар ёрдам бермайди.
09/04/2021 01:27
Фирдавсни кими буласиз билмадиму лекин хато килди кариндошигиз, Сардор симуляция килди уша ерда. Уйинни бузиб куяман деб хам уйлаб курмади.Кушимча вактни хам жуда кам берди, майли яна 3 дакика куйиб берди уйнашга лекин бу вакт оз эди. Вахоланки узи VAR мониторида 10 дакикага якин турди.
Дилшод Даврлнов
09/04/2021 13:43
Фамилямни ёзилиши шунака ака кайта Сураганла куп булган
abdullo norsafarov
10/04/2021 01:18
Man bu saytda ro'yxatdan o'tmaganman. Google accaunt orqali kirdim. Google accauntimda hammasi to'g'ri yozilgan.kirish jarayonida qandaydir xatolik yuzbergan.
Bilasizmi nima? Manam futbol oynayman bunaqa holatlar o'yinda juda ko'p boladi va har gal manga nisbatan shunaqa holat bo'lganida penalti so'rayman. Siz so'ramaysizmi? Nima deb o'ylaysiz agar shu holat teskari darvozada sodir bo'lganida nima bo'lardi? Siz aytayotgan "yoq" penalti Navbahorga berilmaganda ham muxlislar yana shunaqa internetni kommentlar bilan to'ldirishardi, VARda korindiku deb. Muxlislar o'zi shunaqa, judayam emotsialno o'zlarini tutishadi. Agar Navbahor muxlislari shunchalik bunt qilishmaganida bunchalik ovoza bolmasdi.
futbol qoidalarida oyin tempi, salgina degan tushuncha va atamalar yo'q. Tegdi-tegmadi, chiqdi-chiqmadi, bo'ldi-bo'lmadi. Hammasi konkret. Kontakt bormi demak fol, kontakt yoqmi demak fol yoq. Afsuski futbol qoidalarini hatto professional futbolchilar ham toligicha bilishmidi.
abdullo norsafarov
10/04/2021 01:19
Familyez shunaqa bosa uzr soriman, oldin uchratmaganman
&
11/04/2021 20:58
Бу холат Пахтакор жарима майдонида содир Булганида пенальти берилмаслигини 100% биларкансин.

Nima deb o'ylaysiz agar shu holat teskari darvozada sodir bo'lganida nima bo'lardi? Siz aytayotgan "yoq" penalti Navbahorga berilmaganda ham muxlislar yana shunaqa internetni kommentlar bilan to'ldirishardi, VARda korindiku deb.

Бу ерда битта хакикат бор. У ерда пенальти бор Булганида сих бу ерда углингизни оклад интервью ёзиб утирмасдингиз.
&
Ramzis ll
09/04/2021 15:54
Kim o'z o'glini yomon deydi. O'g'lingiz xato qildi agar shu holatga penalty berilsa futbolda har bir o'yinda o'nlab penalty berilishi kerak.
Dilmurod Rustamov
12/04/2021 06:31
Cjtglhgljfn
Dilmurod Rustamov
12/04/2021 06:29
Soxtakordan eb qoʻygan oʻgʻling vardagilar Xam penalti bilganda 10minutlab kirmagan boʻlardi
&
lochinlar navbahor
09/04/2021 11:10
Тавба шуям интервюми кайси савияси пастдан чикан бу кайси замонда ота уз углини йомон дейди спортс уз март болсаларинг дадасини нима кераги бор ким у ундан кура кани диер кани равшан бир курайлик халки олдига чикарилар катагида кандисанери тагида йотипти куларингдан каса олинар шулардан интервю йоки духларинг йетмайдими йугми узбекистонда 1март журналист йоки депутатлар аралишиши керакмикан
Umarjon G'oyifov
09/04/2021 11:06
Э дўстлар хадеб тортишиб асабингларни бузаверманглар. Барибир бизни эшитадиган одам йўқ федерацияда. Хакам хам қайсидир каттани топшириғини бажарди. Бу биринчиси эмас. Агар Пахтакор зўр бўлганда ОЧЛда чемпион бўларди. Бизда бошқа соха ривожланмагандек футбол хам ривожланмайди.