No‘’mon Hasanov 10 mln so‘m jarima to‘laydi va...

  • 10 aprel, 2019, 15:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchrashuv davomida qo‘qonliklar ustozi hakam qarorlariga keskin e’tiroz va norozilik bildirgan. Jumladan, uchrashuvning 74-daqiqasida “Qo‘qon-1912” darvozasiga belgilangan penaltidan keyin, texnik zonani tark etgan va uchrashuv bosh hakamiga keskin ravishda e’tiroz bildirgan. Ushbu vaziyat uchrashuv nazoratchisi va komissari raportida, shuningdek, uchrashuv videoyozuvida aks etgan.

Tecno

Professional Futbol Ligasi vaziyatni o‘rganib chiqdi va musobaqalar reglamentining 5.57 bandiga asosan murabbiyga nisbatan intizomiy chora qo‘lladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra bosh murabbiy Tartib-intizom kodeksi 5.06 hamda 5.18 moddalariga asosan 1ta uchrashuvga chetlatildi hamda 10 mln so‘m jarimaga tortildi.

Bunday vaziyat yana takrorlansa, PFL klub va murabbiyga nisbatan qattiqroq chora ko‘rishi mumkinligi haqida ikkala tomonni qattiq ogohlantirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!