No Umarov, no party. BATE safida zaxiradan maydonga tushgan Shahboz Umarov 2 daqiqada 2 supergol kiritdi (video)

  • 3 aprel, 2021, 17:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Belarus Oliy ligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE bu tur o‘z maydonida "Gomel"ni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Hamyurtimiz mezbonlar safida bellashuvni zaxirada boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi. Bu vaqtda hisob 1:1 bo‘lib turgan edi.

52-daqiqada Shahboz Maksim Skavishning uzatmasidan so‘ng ajoyib tarzda to‘pni raqib darvozasiga kiritdi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan darvozabon bilan qulay vaziyatga chiqib borgan Umarov ikkinchi golni kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!