Noami Osaka o‘z unvonini saqlab qoldi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Rim shahrida davom etayotgan turnirda ikkinchi g‘alabasiga erishdi va dunyoning birinchi raqamli tennischisi unvonini saqlab qoldi.
U "Internazionali BNL d'Italia"ning ikkinchi bosqich uchrashuvida slovakiyalik Dominika Tsibulkovadan 6:3, 6:3 hisobida ustun keldi.
Endi Osaka Italiya poytaxtida o‘tayotgan musobaqaning uchinchi davrasida ruminiyalik Mixaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar