Nodirbek Abdusattorov: Endi menda bitta emas, ikkita murabbiy bor
Dunyoning 5-raqamli shaxmatchisi, yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov kuzgi muvaffaqiyatsiz turnirlardan keyin qanday qilib formaga qaytgani haqida gapirdi.
— Hammasi faqat shaxmatchining o‘ziga bog‘liq emas. Atrofingdagi odamlar ham katta rol o‘ynaydi. Murabbiylarni almashtirish qarori o‘yinimga ijobiy ta’sir qildi. Samarqanddagi Grand Swiss turniridan keyin murabbiyimni o‘zgartirdim. Oldin Rustam Qosimjonov bilan ishlardim, hozir esa u milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga o‘tdi. Olimpiadada jamoamiz sardori bo‘ladi.
— Endi menda bitta emas, ikkita murabbiy bor. Lekin ularning ismini ayta olmayman. Ular Jahon kubogida bunchalik yomon o‘ynashimni kutishmagan edi.
Jahon kubogidan keyin Nodirbek o‘ziga boshqacha yondashuv tanlaganini aytadi:
— O‘zimga bir muddat natijaga haddan tashqari bog‘lanmaslikni aytdim. Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyatim yo‘qolgach, shaxmatni natija uchun emas, zavq uchun o‘ynay boshladim.
Fikrlar