Nodirbek peshqadamni to‘xtatgani ikki grossmeysterimiz juda qo‘l keldi

  • 18 oktabr, 2023, 17:20
  • 0
  • Futbol

Qatarning Doha shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qatar Masters Open-2023” xalqaro turnirida dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan kelgan shaxmat ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan A guruhi bahslarida 158 nafar sportchi g‘oliblik uchun dona suryapti.

Ushbu guruhda O‘zbekistondan 14 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Xalqaro turnirning oltinchi turida markaziy uchrashuv musobaqada to‘rt yarim ochko bilan peshqadamlik qilayotgan hindistonlik Narayanan va undan yarim ochko kam jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov o‘rtasida kechdi. Oq donalarda harakat qilgan hamyurtimiz durang natija qayd etib, peshqadamdan yarim ochko tortib oldi.

Narayanning yarim ochko yo‘qotishi uch nafar shaxmatchi – o‘zbekistonlik Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboev va hindistonlik Arjun Erigaisiga qo‘l keldi.

736_736_95_2815734399

Javohir Sindarov hindistonlik Mittal Adityani, Nodirbek Yoqubboev qozog‘istonlik Rinat Jumaboevni qora donalarda taslim qilib, ochkolari sonini beshtaga etkazdi.

O‘zbekistonlik qolgan shaxmatchilar oltinchi turda quyidagi natijalarni qayd etdi:

Jahongir Vohidov – Pranesh (Hindiston) –durang;

Shamsiddin Vohidov – Belurkar Nitish (Hindiston) – g‘alaba;

Muhammadali Abdurahmonov – Jan Gren Dai (Xitoy) – g‘alaba;

Adelart Bai – Abdumalik Abdusalimov – g‘alaba;

Vedant Panesar (Hindiston) – Muhiddin Madaminov – durang;

Saidakbar Saydaliev – Yi Liyu (Avstraliya) – g‘alaba;

Humoyun Begmatov – Ki Chen (Xitoy) – durang;

Benjamin Xaldorsen (Norvegiya) – Muhammadzohid Suyarov – durang;

Bobur Sattorov – Moxan Kushagra (Hindiston) – g‘alaba;

Gaur Garv (Hindiston) – Bahrom Barillaev – mag‘lubiyat;

Olmos Rahmatullaev – Raja Kartik (Hindiston) – g‘alaba.

Ko‘rinib turibdigi oltinchi tur uchrashuvlari umumiy hisobda o‘zbek shaxmatchilari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Hamyurtilarimiz 14 ta uchrashuvda sakkizta g‘alaba, beshta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi.

Ettinchi tur oldidan beshtadan ochko jamg‘argan o‘zbek va hind grossmeysterlari – Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboev, Narayanan hamda Arjun Erigaisi etakchilik qilmoqda.

post-1660121062

Yana sakkiz nafar kuchli shaxmat ustalari hisobida to‘rt yarimtadan ochko bor. Ta’qibchilar orasida Nodirbek Abdusattorov, Xikaru Nakamura, Magnus Karlsen kabi mashhur grossmeysterlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!