Nodirbek Raximov va Ajiniyaz Saparniyazov Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Tailandning Chonburi shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erkin kurashchilarimiz ham medallar jamg‘arishda davom etmoqda. Jumladan, 61 kg vazn toifasida Nodirbek Raximov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Endi yurtdoshimiz finalda eronlik raqibiga qarshi Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi. 92 kg vaznda yana bir hamyurtimiz Ajiniyaz Saparniyazov ham finalga yo‘l oldi. U ham xal qiluvchi baxsda fors kurashchisiga qarshi baxs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!