Nokdaun va yirik hisob: O'zbek bokschisi raqibiga imkon qoldirmadi
Zoʻr jang boʻldi
19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Suhrob Rahmatullaev navbatdagi jangini g‘alaba bilan yakunladi.
U 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ukraina vakili Kostyantin Galitskiyni mag‘lub etdi. Uchrashuv to‘liq davom etdi va hakamlar yakdil qaror bilan Rahmatullaevni g‘olib deb topdi — 5:0 (30:27, 30:27, 29:28, 29:28, 29:28).
Jangning ikkinchi raundida referi ukrinalik bokschiga nokdaun hisobini ochdi. Shu tariqa, Suhrob Rahmatullaev chorak finalga yo‘l oldi, Kostyantin Galitskiy esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
World Boxing tashabbusi ostida o‘tayotgan jahon chempionati Budva shahrida (Chernogoriya) 16 oktabrdan 27 oktabrgacha davom etadi. Turnir doirasida jami 20 vazn toifasida — 10 ta erkaklar va 10 ta ayollar yo‘nalishida medallar sohiblari aniqlanmoqda.

Izohlar (0)