Nomzodlar turniri ochilish marosimi: musobaqa oldidan yorqin start

  • 29.03.2026 12:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

2026 yilg i "FIDE Candidates Tournament 2026" ochilish marosimi Kiprda tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnir ishtirokchilari, rasmiylar va mehmonlar qatnashdi.

Marosim musiqa, chiqishlar va madaniy dasturlar bilan boyitildi. Ob-havo yomg‘irli bo‘lishiga qaramay, tadbir yuqori kayfiyatda o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun maxsus tanishuv uchrashuvi ham tashkil etildi.

Matthias Bluebaum, Angelika Valkova

Kechqurungi rasmiy qismda turli davlatlar vakillari ishtirok etdi, jumladan FIDE rahbari Arkadiy Vorkovich turnirni o‘tkazishga hissa qo‘shganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, shaxmatchilar sahnaga chaqirilib, qiziqarli savol-javoblar orqali muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Mattias Blyubaum va Vey Ining javoblari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Marosim yakunida qo‘shiqchi Tomai Apergi chiqishi tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Endi e’tibor 29 mart kuni start oladigan o‘yinlarga qaratilgan bo‘lib, unda navbatdagi Jahon chempioniga da’vogarlar aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!