
Norchaevning jamoasi "Arsenal" ustidan g‘alaba qozondi
MFLning 29-turidan o‘rin olgan "Alaniya" - "Arsenal" bahsi yakunlandi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Alaniya" birinchi taym so‘ngida bir kishi kam bo‘lib qoldi. Biroq premer-ligani o‘z oldiga maqsad qilgan Vladikavkaz klubi g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Husain Norchaev uchrashuvning 62 daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.
Fikrlar