"Nottingem Forest" futbolchisini rekord summagan sotishi mumkin

  • 19.12.2025 19:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nottingem Forest" futbolchisi Murillo eng qimmat sotilgan himoyachi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "GOAL" nashri ma’lum qildi.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra,"o‘rmonchilar" braziliyalik futbolchi uchun hozirda 100 million funt sterlingdan ko‘proq pul taklif bo‘lsa, transfer masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Agar "Nottingem"ning rejasi amalga oshsa, Murillo tarixdagi eng qimmatga sotilgan himoyachi bo‘ladi. Uni hozirda "Real", "Barselona", "Bavariya", "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum "Forest" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!