Noxush xabar! "Roma" futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi

  • 23.08.2022 07:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo "Kremoneze"ga qarshi uchrashuvda (1:0) jarohat oldi. 

23 yoshli futbolchi birinchi taymdan so‘ng zaxiraga olindi. "Sky Sports Italia" nashri bergan xabarga ko‘ra, unga elka chiqib ketishi tashxisi qo‘yilgan. 

Italiyalik futbolchi 3-4 hafta maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Biroq u katta ehtimol bilan operatsiya qilinmaydi. 

O‘tgan mavsumda 23 yoshli pleymeyker A Seriya doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!